Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Xabi Alonso «Barsa»ga yirik hisobda mag'lub bo'lganidan keyin «Real»da ko'p narsa o'zgarganini aytdi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

14 DEKABR, 10:46 / KO'RILDI: 502

. Yuklab olish


Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Xabi Alonso 2010/11 yilgi mavsumda "Barselona"ga qarshi bahsda uchralgan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoada ko‘p narsa o‘zgarganligini aytib o‘tdi.

"O‘sha mashxur o‘yindan so‘ng, bizda ko‘p narsa o‘zgargan edi. O‘sha vaqtlari biz "Barselona"ga munosib qarshilik ko‘rsata oladigan darajada emas edik. Biroq kelgusi mavsumdayoq biz ularga o‘z kuchimizni ko‘rsatib qo‘ygan edik.

Biz nafaqat "Barselona", balki, boshqa jamoalar bilan ham hisoblasha oldik. 2011 yil so‘nggida esa 4 ta pas bilan butun o‘yin taqdirini hal etishni o‘rganib olgan edik", - deb Alonsoning so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, o‘sha vaqtlarda madridliklarni Joze Mourino boshqarar va 2012 yil uzoq kutilgan 32-chempionlik qo‘lga kiritilgan edi.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
© Real Madrid Uzbekistan