Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Inesta Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirdi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

14 DEKABR, 00:45 / KO'RILDI: 492

. Yuklab olish


«Barselona» yarimhimoyachisi Andres Inesta «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning «Oltin to'p» — 2017 sovrinini qo'lga kiritganidan so'ng, o'zini futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deya tariflaganiga izoh berdi.

«Bu haqda hech narsa demoqchi emasman. U aynan shunday deganmi yo'qmi buni bilmadim. U nima xohlasa gapirishi mumkin, bu uning huquqi. Ammo 5ta «Oltin to'p»i bilan Ronaldu, shubhasiz, eng yaxshilardan biri.

Hammaning o'zi uchun ustun futbolchilari bor, meniki kim ekani hammaga tushunarli. Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi Leo Messi, ammo Ronaldu «Oltin to'p»ni yutibdimi, demak u ham bunga munosib», — deya Inestaning so'zlarini keltiradi Marca.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
© Real Madrid Uzbekistan