Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
KJCh-2017. «Real» «Al-Jazira»ni mag'lub etdi. Finaldagi raqib «Gremio»
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

14 DEKABR, 00:12 / KO'RILDI: 597

Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi yarimfinalida Madridning «Real» klubi mahalliy «Al-Jazira» klubi bilan bellashdi.

Qirollik klubi birinchi va ikkinchi bo'limda juda katta tashabbusga ega bo'ldi. Biroq, hisob arab jamoasi tomonidan ochildi. 41-daqiqada Romarino himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, raqibni jazoladi.

Ikkinchi bo'limda, «Real» tezlikni biroz oshirib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi va sensaTsiyaga yo'l qo'ymadi. To'plar Ronaldu va Beyl hisobiga yozildi.

Hamyurtimiz Sardor Rashidov bu safar ham «Al-Jazira» zaxirasida qoldirildi.

Endi «Real» 16 dekabr kuni finalda Braziliyaning «Gremio» klubiga qarshi maydonga tushadi.

KJCh-2017. Yarimfinal

Al-Jazira (BAA) – Real (Madrid, Ispaniya) - 1:2

13 dekabr, «Sheikh Zayed Sports City»

Gollar: 1:0 – 41 Romarino, 1:1 – 53 Ronaldu, 1:2 – 81 Beyl.

Al-Jazira – Xasif (Saif, 51), Faris Juma, Ayed, Umar, Al-Xammadi (Al-Utayba, 60), Yusuf (Al-G'iloniy, 72), Rashid, Bussufa, Fayez, Mabxut, Romarino.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Nacho, Modrich, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kovachich (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Beyl, 81).

Ogohlantirish: Ayed (68).

Eslatib o'tamiz, final 16 dekabr kuni soat 22:00da Braziliyaning Gremio klubiga qarshi kechadi.
Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan