LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Zidan «Al-Jazira»ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini aytdi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

13 DEKABR, 18:41 / KO'RILDI: 452

. Yuklab olish


Bugun, 13 dekabr kuni «Real» klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

Soat 22:00da, «Qirollik klubi» musobaqa yarimfinalida BAAning «Al-Jazira» klubi bilan to'qnashadi. Bu o'yindan oldin, bosh murabbiy Zinedin Zidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bu yil o'yinlar orasidagi vaqt tafovuti biroz qisqaroq, bu bizga yordam berishi mumkin. Biz bu jamoaga qarshi hech qachon o'ynamaganmiz, shu tufayli ham juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz shart.

Biz bu erda ikki kun mashg'ulot o'tkazdik, moslashdik va raqibning o'yini, futbolchilari va uslubini o'rgandik.

Bu oddiy o'yin bo'lmaydi, ammo faqat g'alaba va finalga chiqish haqida o'ylayapmiz» - dedi Zidan.
Eslatib o'tamiz, «Real»ni finalda Braziliyaning «Gremio» klubi kutmoqda.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net