LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Ronaldu «Real» tarkibida vatandoshini ko'rmoqchi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

13 DEKABR, 14:20 / KO'RILDI: 593

. Yuklab olish


Ispaniya matbuoti «Real»ning «Inter» hujumchisi Mauro Ikardi bilan shartnoma imzolashi haqida yozyapti. Biroq, «galaktikos» etakchisi Krishtianu Ronaldu bu transferdan mamnun emas.

Portugaliyalik to'purar jamoaning hujum chizig'i kuchaytirilishi kerakligini tan olmoqda va buning uchun o'z nomzodi - «Milan» hujumchisi Andre Silvani taklif qilmoqda.

Ayni paytda, 22 yoshli hujumchining Italiyada omadi yurishmayapti, biroq Portugaliya terma jamoasi safida 18ta o'yinda 11ta gol urgan.

Malumki, Silva va Ronaldu manfaatlarini mashhur agent Jorje Mendesh himoya qiladi. Uning «Real» prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari yaxshi. Bundan tashqari, Silva transferi «Qirollik klubi»ga ancha arzon tushishi mumkin.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net