Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Marselo: "Faoliyatimni "Real"da yakunlamoqchiman"
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

13 DEKABR, 12:43 / KO'RILDI: 382

. Yuklab olish


Braziliyalik himoyachi Marselo Junior faoliyatini “Real”da yakunlamoqchi. Uning so‘zlariga ko‘ra uni Madridda hamma narsa qoniqtirmoqda.

“Har kuni tongda uyg‘ongach, “Real”da o‘ynayotganim sabab o‘zimda qo‘shimcha kuch his qilaman. Faoliyatimni shu erda tamomlamoqchiman. Futbol o‘ynashni “Fluminense”da boshlagan bo‘lsamda, “Real” mening ikkinchi uyim hisoblanadi. Dunyoda bu jamoada o‘ynashdan ko‘ra kuchliroq hoxish yo‘q”, -deydi 29 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Marselo “Real” safiga 2007 yilda kelib qo‘shilgan. Uning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
© Real Madrid Uzbekistan