Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
«Real» Ronalduning beshinchi «Oltin to'pi»ga bag'ishlab beshta gol urdi.
MUHARRIR: BestMaker

10 DEKABR, 23:05 / KO'RILDI: 725

Ispaniya chempionatining 15-turida «Real» o'z maydonida «Sevilya» bilan bellashdi.

Bahsdan oldin, «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu muxlislarga barcha - beshta «Oltin to'p»ini namoyish qildi.

O'yin ham tantanaga mos tarzda o'tdi. «Real» o'z to'purariga hamohang tarzda, raqib darvozasini besh marta ishg'ol qildi. Bayram sababchisi o'yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bu natijadan so'ng, «Real» 31 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

«Sevilya» 28 ochko bilan 5-o'rinda qoldi.

La Liga, 15-tur
Real Madrid – Sevilya - 5:0
9 dekabr, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar: 1:0 – 3 Nacho, 2:0 – 23 Ronaldu, 3:0 – 31, penalti Ronaldu, 4:0 – 38 Kroos, 5:0 – 42 Xakimi.
Real Madrid – Navas, Valexo, Marselo, Xakimi, Nacho, Vaskes, Kroos (Lorente, 63), Modrich (Sebalos, 71), Asensio, Benzema, Ronaldu (Isko, 76).
Sevilya – Riko, Ker, Karol, Merkado, Langle, Vaskes (Gays, 71), Pisarro, Navas, Banega (Kron-Deli, 81), Nolito (Sarabiya, 57), Muriel.
Ogohlantirishlar: Navas (31), Banega (37).
Fikrlar
Umumiy: 10
© Real Madrid Uzbekistan