LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
«Real» Neymarning transferi bo'yicha «PSJ» bilan muzokara boshladi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

13 DEKABR, 12:33 / KO'RILDI: 552

. Yuklab olish


«Real» klubi «PSJ» hujumchisi Neymar bilan 2018 yil yozida shartnoma imzolamoqchi.

Madrid klubi parijliklarni futbolchini qo'yib yuborishga ko'ndirmoqchi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Eduardo Inda El Chiringuito teleko'rsatuvida xabar berdi.

«Neymar «PSJ» bilan imzolagan shartnomasiga ikki yildan so'ng klubni tark etishi mumkinligi haqidagi bandni kiritgan. Gap «Real» klubi haqida ketyapti. Bunda «Galaktikos» Neymar uchun «Barselona»ga to'langan 222 mln evro qiymatni berishi shart bo'ladi.

Biroq, «Real» va Neymar hozirdanoq «PSJ» klubiga bosim o'tkazmoqda va uni yozdayoq transferga rozi bo'lishga ko'ndirmoqchi», – dedi Inda.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net