LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
"Real" zudlik bilan Luninni ortga qaytarmoqchi
MUHARRIR: Mr. Jasur

9 NOYABR, 07:52 / KO'RILDI: 530

Madridning "Real" klubi "Leganes" klubiga ijaraga berilgan Andrey Luninning o'yin amaliyoti kam berilganligidan norozi.

Ushbu mavsumda 19 yoshli ukrainalik darvozabon bor yo'g'i bitta o'yinda maydonga tushdi. U ham bo'lsa Qirol kubogi doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi. "Leganes" bosh murabbiyi Maurisio Pellegrino La Ligada Ivan Kuelyarga ishonmoqda va barcha o'yinlarda darvozani qo'riqlayapdi.

Shu sababli "Qirollik klubi" zudlik bilan Luninni ortga qaytarmoqchi va boshqa bir klubga ijaraga berishni rejalashtirmoqda. Eslatib o'tamiz, Lunin "Leganes" bilan ijara shartnomasini qo'l qo'yayotganida kamida 15 o'yinda maydonga tushish sharti qo'yilgan edi.

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 5
Statok.net