LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
«Real»ning evrokuboklardagi eng yaxshi to'purarlari uchligida o'zgarish bo'lishi kutilmoqda
MUHARRIR: #Реал Мадрид

8 NOYABR, 13:00 / KO'RILDI: 495

«Real» hujumchisi Karim Benzema «Viktoriya Plzen» bilan kechgan o'yinda (5:0) dubl qayd etib, «qaymoqranglilar» libosida urgan gollari sonini 201 taga etkazib qo'ydi.

Shu tariqa, franTsiyalik futbolchi ikki yuzlik marrani bosib o'tgan «Real»ning ettinchi futbolchisi bo'ldi. Klub to'purarlari ro'yxatini Krishtianu Ronaldu 450 ta gol bilan boshqarib bormoqda. Undan keyingi o'rinlarda Raul Gonsales (323), Alfredo Di Stefano (308), Karlos Santilyana (290), FerenTs Pushkash (242) va Ugo Sanches (208) joy olgan.

. Yuklab olish


Qayd etish joiz, Benzema kechagi dubli bilan evrokuboklarda urilgan gollar soni bo'yicha ro'yxatning 4-o'rniga ko'tarilib oldi. U 48-marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etib, Santilyanadan bitta golga o'zib ketdi; yana ikkita gol ursa, bu borada Alfredo Di Stefanoni (49 ta golga ega) ham ortda qoldirib, yuqori uchlikdan joy oladi.

Eslatib o'tamiz, Karim «qirollik klubi»ga 2009 yili «Lion» safidan kelib qo'shilgan edi. U jamoa bilan 16 ta sovringa ega chiqqan, ular orasida EChLning 3 ta kubogi va Ispaniya chempionatining 2 ta bosh sovrini ham bor.

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 7
Statok.net