Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Zidan: «Klublar o‘rtasidagi JCHda «Real» uchun oson o‘yinlar bo‘lmaydi»
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

12 DEKABR, 22:43 / KO'RILDI: 508

"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Oson bo‘lmaydi. O‘tgan yili musobaqada qay tarzda g‘olib chiqqanimiz yodimda. O‘shanda oson bo‘lmagan o‘yinlarni o‘tkazgandik. Bu safar ham shunday bo‘ladi. Shunchaki nom tufayli g‘alaba qozona olmaymiz.

Yarim finalga tayyorgarlik ko‘rish uchun "Real"da imkoniyat bor. Taqvim orqali bahona qidirish kerak emas. Biz istalgan vaqtda har qanday raqibga qarshi yaxshi o‘ynashimiz kerak. Biz musobaqaga ijobiy chog‘langanmiz. Natijalarga e’tibor qaratmaymiz. Mavsum davomida turlicha o‘ynayotganimiz — normal holat", – dedi Zidan.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida "Real" 13 dekabr kuni BAAning "Al-Jazira" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan