Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Peres va’dasida turmagani uchun Zidan «Real»dan ketgandi
MUHARRIR: Реал Мадрид

10 OKTYABR, 19:44 / KO'RILDI: 535

Zayniddin Zidan «Real»ni tark etishining yana bir sababi aniq bo‘ldi.

Fransiyalik mutaxassis yanvar oyida klubi prezidenti bilan Florentino Peres bitta ishga kelishib olishgandi: yozgi transfer paytida Garet Beyl boshqa jamoaga sotiladi. Ammo «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionlar ligasi final bahsida uelslik futbolchi ikkita gol urganidan keyin Peres o‘z fikridan qaytdi.

O‘sha paytda prezident jamoa direktorlar kengashi a’zolariga Beyl klub hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan yaxshiroq ekanini ta’kidlagan. Peresning va’dasida turmaganini bilgan Zidan klub xo‘jayinidan ko‘ngli qolgan. Shu bois, Zayniddin jamoani tark etishga qaror qildi.

. Yuklab olish

Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan