Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Bilasizmi? Lopetegi eng oxirgi nomzod edi
MUHARRIR: Halilbek_007

10 OKTYABR, 17:36 / KO'RILDI: 251

. Yuklab olish

Madridning "Real" klubi yozda Xulen Lopetegini jamoadan ketgan Zinedin Zidanga eng munosib nomzod sifatida qaramagan.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” ushbu lavozimga dastavval Massimiliano Allegri ("Yuventus"), Maurisio Pochettino ("Tottenxem") yoki Yurgen Klopp ("Liverpul") kabi mutaxassislardan birini olib kelishni rejalashtirishgan. Biroq, yakunda ushbu murabbiylarning hech biri “Santyago Bernabeu”ga kelmagach, aynan Ispaniya terma jamoasini boshqarayotgan Lopetegi nomzodi ko‘rib chiqilgan.

Ta’kidlash lozimki, Lopetegi “Real” boshqaruviga kelgach jamoaning natijalari juda yomon ko‘rinish ola boshladi. Ular so‘nggi 4ta o‘yindan buyon raqib darvozasiga gol ura olishmayapti va ushbu 4 o‘yinning 3tasida mag‘lub bo‘lishdi.
Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan