Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Inqiroz davri davom etadi... "Real" so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, yana mag‘lubiyatga uchradi
MUHARRIR: BestMaker

6 OKTYABR, 23:40 / KO'RILDI: 1116

Ispaniya chempionati 8-turidan o'rin olgan bir o'yin yakunlandi.

«Real» safarda «Alaves» bilan bellashdi va 0:1 hisobida yutqazdi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Ammo, so'nggi daqiqada «Alaves» gol urib, g'alabani ilib ketdi.

«Real» qatorasiga uchta o'yindan beri raqib darvozasini ishg'ol etolmayapti va g'alaba qozonolmayapti.

Bu natijadan so'ng, 14 ochkodan jamg'argan «Real» 2-o'rinda, «Alaves» 3-o'rinda bormoqda.

La Liga, 8-tur

Alaves – Real Madrid 1:0


6 oktabr, «Mendisorrosa» stadioni

Gol: 1:0 – 90+5 Manu Garsiya.

Alaves – Pacheko, Laguardia, Duarte, Ximo Navarro, Maripan (Agirregabiria, 88), Muborak (Manu Garsiya, 74), Pina, Ibai Gomes (Sobrino, 67), BrashanaTs, Xoni Rodriges, Kaleri.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Nacho, Odriosola, Varan, Kazemiro (Asensio, 62), Modrich, Sebalos, Kroos, Beyl (Vinisius Junior, 80), Benzema (Dias, 46).

Ogohlantirish: Muborak (54).

Manba: halamadrid.uz

. Yuklab olish

Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan