LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Dzamparini: "Dybala qishda Ispaniyaga o'tadi"
MUHARRIR: Mr. Jasur

14 SENTYABR, 19:12 / KO'RILDI: 545

"Palermo" prezidenti aytishicha Dybala qishda Ispaniya chempionatiga o'tadi.

Mauritsio Dzamparini, "Palermo" prezidenti Paulo Dybalaning Yevropaga qadam qo'yishiga asosiy sababchi bo'lgan shaxs hisoblanadi. Italiyalik prezident RMC Sport nashriga bergan intervyusida argentinalik futbolchi haqida fikr bildirib o'tdi. Uning fikricha Massimiliano Allegri 24 yoshli hujumchiga ishonmaydi va uni zahiraga mixlab qo'ydi. Shu sababli Paulo qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Dybala har safar maydonga tushmasa men yig'layman. U Allegri sabab zahira o'rindig'ida qolmoqda. Dyabala qishda "Yuventus"dan 100-120 mln yevro evaziga ketadi.
U Ispaniyaga jo'nasa kerak. Unga Ispaniya va Angliyadan takliflar bor. Bu darajadagi futbolchilar zahirada ko'rish juda og'ir",- deydi Dzamparini.

Manba: realblancos.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net