Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
TsSKA – «Real» uchrashuvi «Lujniki»da bo'ladi
MUHARRIR: Реал Мадрид

14 SENTYABR, 18:44 / KO'RILDI: 239

UEFA komissiyasi TsSKAga Chempionlar ligasidagi uy o'yinlarini «Lujniki» stadionida o'tkazishga ruxsat berdi. Ikki kunlik tekshiruvlardan so'ng UEFA rasmiylari arenaning holatidan qoniqish hosil qilishgan va unda Moskva klubining 2018/19 yillar mavsumidagi evrokubok uchrashuvlarini o'tkazishga rozi bo'lgan.

Rossiyaning eng katta stadioni 2017 yili rekonstrukTsiya qilingan, JCh-2018ning 7 ta o'yiniga mezbonlik qilgan edi. Mundial bahslari vaqtida 78 mingdan ortiq tomoshabinni o'z bag'riga sig'dirgan arenada TsSKAning evrokubok o'yinlarini 81 mingdan ortiq muxlis bevosita kuzatishi mumkinligi aytilmoqda.

TsSKA 2016 yil avgustidan buyon barcha uy uchrashuvlarini 30 ming tomoshabinga mo'ljallangan «VEB Arena» stadionida o'tkazib kelmoqda. O'tgan mavsumda EChL doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi bahsni 29 073 ishqiboz shu o'yingohda kuzatgan edi.

Eslatib o'tamiz, TsSKA Chempionlar ligasida «G» guruhiga tushgan. Moskvaliklar pley-off uchun «Real», «Roma» va «Viktoriya» klublari bilan kurash olib boradi. Harbiylar ilk uy o'yinini 2 oktabr kuni «Real»ga qarshi o'tkazadi.

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 3
© Real Madrid Uzbekistan