LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Pogbaning agenti uni ispan grandiga o'tkazib qo'yishni vada qilgan - manba
MUHARRIR: #Реал Мадрид

13 SENTYABR, 17:58 / KO'RILDI: 409

Taniqli agent Mino Rayola «Manchester Yunayted»dagi mijozi Pol Pogbani joriy mavsum oxirida ispan klubiga o'tishini taminlashga vada bergan, deb xabar tarqatdi Manchester Evening News.

Manba malumotiga ko'ra, Rayola Pogba bilan suhbatlardan birida unga Primera klubidan joy vada qilgan. Bu klub «Barselona» ham, «Real» ham bo'lishi mumkin. Sababi matbuotda har ikkala jamoaning ushbu o'yinchiga befarq emasligi haqida mish-mishlar etarlicha topiladi.

Eslatib o'tamiz, kecha Pogba yanvar oyidayoq ijara huquqi asosida Kataloniyaga yo'l olishi, «qizil iblislar» esa uning o'rniga «Atletiko»dan o'rinbosar topib qo'ygani xabar qilingandi. 25 yoshli Polning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.

Manba:

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net