LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
La Liga o'yinlarini xorijda o'tkazish dasturi barbod bo'lishi mumkin
MUHARRIR: #Реал Мадрид

13 SENTYABR, 17:57 / KO'RILDI: 220

spaniya Primerasining bazi o'yinlarini xorijda o'tkazish g'oyasi amalga oshmasligi mumkin.

Xabaringiz bor, avgust oyida liga rahbariyati Amerikaning Relevant Sports mediakompaniyasi bilan bitim tuzgani, unga asosan chempionatning bazi uchrashuvlari Shimoliy Amerika davlatlarida o'tkazilishiga kelishib olingani malum bo'lgandi. Bitimda bir mavsum uchun nechta o'yin haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Football Espana`ning malum qilishicha, Ispaniya qirollik futbol federaTsiyasi prezidenti Luis Rubiales shu haftada mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches va FIFA rahbari Janni Infantino bilan uchrashuvlar o'tkazgan. Ushbu uchrashuvlarning barcha subektlari La Liga o'yinlarini AQShda o'tkazish g'oyasiga qarshilik bildirishgan.

Xususan, federaTsiyaning fikricha, bunday amaliyot ligaga zarar etkazishi mumkin. FIFA esa milliy chempionatni xorijga olib chiqish «biznesni futboldan ustun kelishiga sabab bo'ladi», - degan fikrda. Uchinchi tomon – Ispaniya hukumatiga kelsak, siyosatchilar bu g'oya Kataloniya mustaqilligi uchun harakat rivojiga turtki berishi mumkinligidan xavfsiramoqda.

Avgust oyida Ispaniya futbolchilar kasaba uyushmasi ham Primeraning barcha jamoalari sardorlari ishtirokida yig'ilish o'tkazib, bu g'oyaga qarshi ekanliklarini elon qilgan, uyushma rahbari o'z bayonotida voqea «ish tashlashga qadar etib borishi mumkinligidan» ogohlantirgan edi.

Avvalroq AQSh maydonlarida o'tadigan ilk o'yin yanvarda 21- tur doirasidagi «Jirona» – «Barselona» bahsi bo'lishi xabar qilingan edi. La Liga rahbariyati ikkala klubdan ham o'yinning Mayamida o'tishiga rozilik olgani aytilmoqda.

Manba:

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net