LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Marselo jarimaga tortildi va qamoq jazosiga mahkum qilindi
MUHARRIR: Mr. Jasur

11 SENTYABR, 19:32 / KO'RILDI: 730

«Real» himoyachisi Marselo Ispaniya soliq qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topildi.

El Mundo xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi tergov bilan kelishuvga erishib, o'z aybiga iqror bo'ldi va 753 ming evro jarima to'ladi. Bundan tashqari 4 oylik qamoq jazosini oldi.

Ispaniyada iqtisodiy qonunbuzarliklar bo'yicha olingan 2 yilgacha bo'lgan qamoq jazosi shartli hisoblanadi va bunda jinoyatchi qamoqqa olinmaydi.

Avvalroq, Primeraning bir qancha futbolchilari, jumladan Marseloning sobiq jamoasi Krishtianu Ronaldu ham tergov bilan kelishuvga erishib, katta miqdordagi jarimani to'lagan edilar.

Manba: tribuna.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net