Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
La Liga. "Real" "Leganes"ni yirik hisobda taslim etdi
MUHARRIR: Halilbek_007

2 SENTYABR, 01:45 / KO'RILDI: 593

. Yuklab olish



Hozirgnina Ispaniya La Ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Real" hamda "Leganes" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.

Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Dastavval 17-daqiqada Garet Beyl hisobni ochdi. Oradan etti daqiqa o‘tar-o‘tmas Karilo penaltidan yo‘llangan zarbani golga aylantirib, muvozanatni tikladi.

Ikkin bo‘lim avvalida esa Karim Benzema ketma-ket ikkita to‘p kiritib, madridliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

66-daqiada Serxio Ramos "Leganes" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobning yirik ko‘rinish olishini ta’minladi.

Real Madrid – Leganes 4:1

1 sentyabr, 23.45, “Santyago Bernabeu

Gol: Beyl (17), (Karrilo 24, pen), Benzema (48, 61 Benzema, Ramos 66, pen).

Real Madrid: Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Asensio (Sebalos, 78), Modrich (Isko, 62), Beyl (Vaskes, 85), Benzema.

Leganes: Kuelyar, Bustinsa, Silva, Xuanfran, Siovas, El-Jar (En-Nesiri, 70), Peres, Gumbau, Eraso (Mikel Vesga, 69), Santos (Rolan, 81), Karrilo.

Ogohlantirishlar: Modrich (3), Santos (27).
Fikrlar
Umumiy: 9
© Real Madrid Uzbekistan