Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
"Real Madrid" va "Leganes" o'yini 20-21 fevralga ko'chirilishi mumkin
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

12 DEKABR, 18:44 / KO'RILDI: 442

. Yuklab olish


Ispaniya futbol federatsiyasi Chempionlar Ligasiga qur'a tashlanganidan so'ng La Liga kalendariga o'zgartirishlar kiritdi.

La Liganing 16-turidan o'rin olgan "Real Madrid" va "Leganes" uchrashuvi "Qirollik klubi"ning KJCHda qatnashishi sabab boshqa vaqtga ko'chirildi. Shuningdek, Madridliklar CHLda 14-fevral kuni "PSJ"ga qarshi uchrashuv o'tkazadi va shundan so'ng 16-turning qoldirilgan o'yini "Leganes" - "Real" uchrashuvini 20 (seshanba) yoki 21 (chorshanba) fevral kunlari o'tkazishni rejalashtirdi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da bo'lishi kutilmoqda.

Aynan o'tgan mavsumda ham "Valensiya" bilan qoldirilgan o'yin tahminan shu sanalarda o'tkazilgan edi.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
© Real Madrid Uzbekistan