LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
«Real»dan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida ehtiyotkorlik talab qilinadi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

12 DEKABR, 17:25 / KO'RILDI: 515

. Yuklab olish


«Real» futbolchilari klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida ehtiyot bo'lib to'p surishiga to'g'ri keladi.

Agar ulardan kimdir bosh hakam tomonidan maydondan chetlatilsa, Primera 17-turidan o'rin olgan «Barselona»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi, deb xabar bermoqda Marca.

Gap shundaki, FIFA Intizom kodeksi talabiga ko'ra, KJCh finalida qizil karta bilan jazolangan futbolchi qaysi musobaqa bo'lishidan qatiy nazar, keyingi o'yinni o'tkazib yuborishi shart. Bu qoidaga asosan, «Chelsi» himoyachisi Gari Kehill 2012 yilda Angliya Ligasi kubogi o'yinini o'tkazib yuborgan edi.

«Real» – «Barselona» o'yini 23 dekabr kuni «Santyago Bernabeu»da o'tkaziladi. Bu «Real» uchun KJCh-2017 finalidan keyingi o'yin bo'ladi.

Ammo, dastlab «galaktikos»ni «Al-Jazira» klubiga qarshi yarimfinal o'yini kutmoqda. KJCh-2017 finali 16 dekabr kuni o'tkaziladi.
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net