Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Agar Peres ruxsat bersa Marselo "Yuventus"ga ketadi
MUHARRIR: BestMaker

10 AVGUST, 08:09 / KO'RILDI: 1046

Marselo "Yuventus"ga o‘tishi mumkin.

Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo joriy transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi o‘ziga jiddiy qiziqish bildirayotgan “Yuventus”ning taklifini o‘rganib chiqishga tayyor. Biroq, “qirollik klubi” uni sotishni rejalashtirayotgani yo‘q.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Marseloni “Yuventus” safiga yaqindagina “Real”dan ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronaldu chaqirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Marselo o‘tgan mavsum “Real” safida jami 44ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 13
© Real Madrid Uzbekistan