Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Ronaldu ketsa ham "Real"ning umumiy narxi oshdi
MUHARRIR: BestMaker

9 AVGUST, 14:41 / KO'RILDI: 877

Madridning "Real" klubida nafaqat yomon xabarlar paydo bo'lmoqda, lekin Transfermarkt malumotlariga ko'ra, jamoa rahbariyati xavotiriga sabab yo'q.

Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan bo'lsada, "Madrid" tarkibi umumiy narxi yanada oshdi.

Krishtianu Ronalduning kutilmagan transferi ham, Transfermarkt portugaliyalik futbolchi transfer narxini 100 million evro deb baholaydi, "Qirollik klubi" tarkibi umumiy narxiga salbiy tasir qilmadi. Nemis veb-saytining 30 iyun kungi malumotlariga ko'ra, "Real Madrid" narxi endi avval bo'lganidek 952,5 million evro emas, 957,3 million deb baholanmoqda. SHunday qilib, portugaliyalik ketsa ham "Madrid" tarkibi narxi 4,8 million evroga oshdi.

Bunga avvalgi mavsum so'ngi va iyun-iyul oylarida bo'lib o'tgan Jahon CHempionatida "qaymoqranglilar" ishtiroki sabab bo'ldi. Birinchi navbatda, gap Rafael Varan, Nacho va Garet Beyl haqida ketmoqda.

Franciya tarkibida jahon chempioni bo'lgan himoyachi Varanning narxi Transfermarkt malumotiga ko'ra, 70 milliondan 80 milliongacha oshdi. Nacho avvalroq 30 millionga baholangan bo'lsa, endilikda ushbu transfer narxi 35 million qilib belgilangan. Jahon CHempionatida ishtirok etmagan bo'lsa ham Garet Beyl CHempionlar Ligasi o'tgan mavsumida ajoyib harakatlari tufayli vinger narxi 80 milliondan 90 milliongacha ko'tarilgan.

SHuningdek, shu yoz jamoaga kelib qo'shilganlardan Alvaro Odriosola "Real Sosedad"daligi vaqti 25 million evro bo'lgan bo'lsa, endi bu ko'rsatkich 30 millionni tashkil qilmoqda, Andrey Lunin avvalroq 3,5 million evroga baholangan bo'lsa, "qaymoqranglilar" safiga o'tgach va AQSHdagi turnirda o'zini ijobiy tomondan ko'rsatgach, transfer narxi 8,5 milliongacha oshdi. Yosh futbolchi Raul de Tomas esa "Rayo Valekano"dagi ajoyib mavsumdan so'ng, hujumchi narxi 3 milliondan 6 million evrogacha oshdi.

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 5
© Real Madrid Uzbekistan