Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Toni Kroos muxlislarning savollariga javob qaytardi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

12 DEKABR, 15:48 / KO'RILDI: 701

. Yuklab olish


Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos Twitter ijtimoiy tarmog'ida AskTony heshtegi ostida o'z muxlislari qiziqtirgan savollarga javob berdi:

— Madridda senga eng yoqqan joy qaysi?
— Uy.

— «PSJ» bilan birinchi o'yinda durang qoniqtiradimi?
— Bu haqida gapirishga hali erta

— Eng yoqtirgan qo'shig'ing qaysi?
— Shu kunlarda Maroon-5 ning What lovers do qo'shig'ini eshityapman.

— Sen doim bir xir butsalarda maydonga tushasan, ularni o'zgartirish haqida o'ylaganmisan?
— Hech qachon.

— Faoliyatingdagi eng yomon tasir qilgan mag'lubiyat?
— 2012 yil, EChL finali. Ammo hozir o'zimga kelib olganman.

— Serxio Ramosmi yoki Mats Hummels?
— Ikkisi ham ajoyib.

— Bir kun kelib «Real»da murabbiy bo'lishni tasavvur qila olasanmi? Sendan qanday murabbiy chiqqan bo'lardi?
— Bilmayman. Buni oldindan aytish imkonsiz.

— Faoliyating so'nggida «Verder» safida hech bo'lmasa bir mavsum o'ynash haqida nima deysan?
— Bu haqida o'ylayman, bo'lishi mumkin.

— Top yarim himoyachi sifatida fikring qanday: Skoulzmi, Lempardmi yoki Jerard?
— Skoulz.

— Eng muhim g'alabang?
— Rio va Kardiffdagi finallar.

— O'g'lingizning eng yoqtirgan futbolchisi kim?
— Albatta, otasi bo'lsa kerak. Shunga umid qilaman.

— Toni, sen uchun bir o'yinda bitta gol urish yaxshimi yoki ikki assist?
— Ikki assist.

— «Real»da davring mobaynida seni hayron qoldirgan yosh futbolchi kim?
— Marko Asensio.
Fikrlar
Umumiy: 1
© Real Madrid Uzbekistan