Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
54% muxlis Kilian Mbappeni klubda ko'rishni istayotganini ma'lum qildi
MUHARRIR: BestMaker

12 IYUL, 00:05 / KO'RILDI: 552

Krishtianu Ronaldu "Real Madrid"ni tark etganidan so'ng butun dunyo "Real" qaysi yulduzni sotib olarkan degan savol qiynamoqda. Marca nashri esa o'z muxlislari o'rtasida Ronalduga o'rinbosar axtarib ko'rdi.

Unga ko'ra 200.000 nafar foydalanuvchi ishtirok etgan so'rovnomada 54% muxlislar Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega ovoz berdi. 15% muxlislar Eden Azar, 14% - Neymar, 17% muxlislar esa boshqa futbolchi deya ta'rif berishdi.

Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki Ronalduning endilikda 7-raqamli libosi "Madrid" rasmiy magazinlarida sotilmaydi. Ko'pchilik muxlislar bugun bu formadan so'nggi bor xarid qilishdi, chunki tez orada "7" - raqam yangi xo'jayinini topishi mumkin.

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 10
© Real Madrid Uzbekistan