Real Madrid Uzbekistan
KirishA'zo bo'lish
REKLAMA
«Yuventus» Ronalduning oxirgi jamoasi
. Qo‘shdi: Жасурбек
. 11 Iyul, 22:13 – . 477

«Yuventus»ning yangi futbolchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh malum qildiki, uning mijozi futbolchilik faoliyatini Turin klubida yakunlaydi.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi kecha «keksa sinora» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

«Men Krishtianu uchun juda xursandman. «Yuventus» uning oxirgi jamoasi bo'lib qoladi. U aynan shu erda futbolchilik faoliyatini yakunlaydi», deya Mendeshning so'zlarini keltirgan Sport nashri.

Ronaldu 2009 yilda «MYu»dan «Real»ga kelgandi. U Madrid jamoasi bilan jami 15 sovrin yutdi, shundan 4tasi Chempionlar ligasi kubogidir. Bundan tashqari, uning hisobida «Real»dagi faoliyati davomida qo'lga kiritilgan 4ta «Oltin to'p» bor.

O'tgan mavsumda Ronaldu «Real»ning barcha turnirlardagi ishtiroki doirasida 42 o'yinda maydonga tushib, 42 gol urdi.

«Yuventus» ushbu futbolchi uchun 112 million evro to'laydi, futbolchining o'ziga yiliga 30 million evrolik maosh tayinlanadi.

. Yuklab olish

Oxirgi fikrlar
© REALFANS.UZ | MADRIDIST.UZ | HALAMADRID.UZ | RMA.UZ – 2018