LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Rayan Giggz Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga fikr bildirdi
MUHARRIR: MadridistaUZ

11 IYUL, 21:43 / KO'RILDI: 682

Ronaldu bilan "Manchester Yunayted"da birga to'p surgan sobiq futbolchi Rayan Giggz portugaliyalikning "Real"dan "Yuventus"ga o'tishiga munosabatini bildirdi.

"Men uning "Real"dan ketib, Italiyaga yo'l olganiga hayron qoldim.

O'ylashimcha, bu uning uchun katta chorlov, ammo u top-klubga o'tmoqda. Rezyume uchun yaxshi ish. Tasavvur qiling: "Real", "Yunayted" va "Yuventus". Normal rezyume!

U Messidan yaxshiroq bo'lish g'oyasi bilan band. Endi u: "Men buni Angliyada, Ispaniyada bajara oldim, endi Italiyada bajaraman va Portugaliya bilan bajarib bo'lganman" deb o'ylashi mumkin. Balki, uning motivatsiyasi "Ronaldu zo'rmi, Messi?" degan savolga javob bo'lishi mumkin", - deydi Giggz.

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net