Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Ronalduning «Yuventus»dagi maoshi soniyagacha hisoblab chiqildi
MUHARRIR: Dilmurod

11 IYUL, 18:35 / KO'RILDI: 890

Britaniyaning The Mirror tabloidi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuventus» bilan imzolagan shartnomasi tafsilotlarini oshkor qildi.

Unga ko'ra, 33 yoshli futbolchi yiliga 30 million evro maosh oladi. Bu soniyasiga 1 evro demakdir.

4 yil ichida Ronaldu 120 million evro ishlab oladi.Eslatib o'tamiz, Ronaldu transferi uchun «Yuventus» umumiy hisobda 112 million evro to'ladi.

Portugaliyalik «Qirollik klubi» tarkibida 2009 yildan beri to'p tepib kelayotgan edi. U «Real» bilan 16ta sovrinni yutib oldi va 438ta o'yinda 451ta gol urdi.

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 9
© Real Madrid Uzbekistan