LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Allegri: «Ronalduning transferi «Yuventus» uchun olg'a tashlangan yangi qadam bo'ldi»
MUHARRIR: Dilmurod

11 IYUL, 17:40 / KO'RILDI: 594

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri hujumchi Krishtianu Ronalduning o'z jamoasiga o'tgani yuzasidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bu – klubimizni oldinga qadam tashlashini belgilab beradigan juda muhim transfer bo'ldi, deb hisoblayman.Ronaldu bilan telefon orqali gaplashganim yo'q.Menimcha, u bilan dushanba kungi matbuot anjumanida ko'rishsam kerak.

Bilaman, u juda xursand.Ronaldu – haqiqiy professional, jamoaning muhim bo'lagi. Klub va prezident «Yuventus» vabutun italyan futboliga o'ziga xos yangilik olib kirdi.U qanday o'ynaydi? Har doimgiday, gol kiritishga harakat qiladi.

Men uchun har yili yangi davr boshlanadi, shu boisdan ham «Yuventus»da so'nggi to'rt yilda katta o'zgarishlar ro'y berdi», - degan Allegrining so'zlarini chop etdi Football Italia.

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net