Real Madrid Uzbekistan
KirishA'zo bo'lish
REKLAMA
Garet Beyl "Real"da ikkinchi darajali rolda bo'lishni istamayapti
. Qo‘shdi: Жасурбек
. 11 Iyul, 15:18 – . 630

"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl Madrid klubidagi kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q.

2017/18 mavsum yakunlanganidan so'ng Beylning agenti Angliyadan transfer uchun variantlar izlashni boshlagan va futbolchining ketishi uchun "Real" rahbariyati bilan muzokara o'tkazmoqchi edi. Zidanning istefosi jarayonni to'xtatib qo'ydi va yig'ilish bir necha hafta keyingi surildi.

Ronalduning "Yuventus"ga transferidan so'ng Beyl vakillari uchrashuvni bekor qilishdi va hammasi dushanba kuni hal bo'lishi mumkin. SHu kuni uelslik tatilni yakunlaydi va klub bazasidagi birinchi mashg'ulotni o'tkazadi.

Beyl Lopetegi bilan uchrashib, o'zining kelajagi haqida muzokara o'tkazmoqchi. 28 yoshli xavbek Lopetegidan jamoadagi rolini bilmoqchi.

Beylning maqsadi - "Real"da qolish, ammo ikkinchi darajali rolda emas. Uelslikning atrofidagilar klub uni sotmasligiga ishonadi.

. Yuklab olish

Oxirgi fikrlar
© REALFANS.UZ | MADRIDIST.UZ | HALAMADRID.UZ | RMA.UZ – 2018