LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Tahlil: «PSJ» «Real»dan o'ta oladimi?
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

12 DEKABR, 10:41 / KO'RILDI: 646

. Yuklab olish


«PSJ» – «Real» to'qnashuvi, o'yin afishasi, maydonga tushadigan qarama-qarshiliklar, so'nggi yillardagi ambitsiyalar nuqtai nazaridan nimchorak finalning eng jarangdor qarama-qarshiligi aynan mana shu o'yin bo'lsa kerak.

«PSJ» xuddi asr boshidagi «Real» kabi, Evropa transfer bozorida juda agressiv harakat qilmoqda va yildan yilga eng yaxshi futbolchilarni yig'ib olishga urinmoqda. Ammo tan olish kerak, ularga qura omadli kelmadi. Ispaniya chempionatida «Barselona»ni ancha oldinga o'tkazib yuborgan «Real» baribir alohida o'yinlarda juda kuchli jamoa sifatida qolaveradi. Parijliklar hujumdagi yulduzlar bilan maqtanishlari mumkin, ammo Chempionlar Ligasidagi tajriba, yulduzli yarim himoya va ishonchli himoya yordamida «Real» bu o'yinlarga favorit sifatida maydonga tushadi.

«Real» ikki marta qatorasiga EChL g'olibi bo'ldi. Kuchli raqiblarga qarshi o'yinlarda bu fakt madridliklarning zarariga ishlashi, futbolchilarning uchinchi urinish uchun jipslashishlariga xalaqit berishi mumkindek. Ammo ularni mag'lub etish uchun aynan mana shu jihat - jipslashish juda zarur. «Real»ni faqat o'sha «Real»da topilmay qolishi mumkin bo'lgan sifat bilan engish mumkin xolos. Xo'sh Parij jamoasi aynan o'sha bosqichga etib keldimi?

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar, Neymar-Kavani muammolari biroz unutilgan bo'lsa-da, butunlay hal etilmadi. Bugungi «PSJ» «Real» uchun tayyor emasdek ko'rinmoqda, Unai Emeri keyingi ikki oyda faqat shu jihat haqida bosh qotirishi va eng avvalo, ichki muhitni yuqori darajaga ko'tarishi kerak bo'ladi. Ana shundagina, futbol yulduzlari maydonda faqat shou emas, aniq natija ko'rsata oladilar.

Fakt: «PSJ» yarim himoyachisi Anxel Di Mariya «Real» tarkibida 2014 yilgi EChL finalining eng yaxshi futbolchisi deb etirof etilgan.

Q.Aslanov tayyorladi
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net