Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Iyun oyida "Real Madrid" skautlari va murabbiylari Toshkentga keladi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

19 MAY, 10:19 / KO'RILDI: 407

Xabaringiz bor, 2018 yilning yanvar oyida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol federatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Ispaniyaga tashrif buyurib, "Real Madrid" klubi mutassaddilari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Ushbu uchrashuvda "Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabini ochish, "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish, ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.

O‘FA rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu kelishuvga asosan joriy yilning iyun oyida yurtimizga “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari tashrif buyurishadi.

Tashrif doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa turli tadbirlar o‘tkailishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, “Bunyodkor” stadionida 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida “Real Madrid Kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqani “Qirollik klubi” skautlari va murabbiylari bevosita stadiondan kuzatib borishadi.

Manba: butsa.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 6
© Real Madrid Uzbekistan