LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
FIFA klublar uchun superturnir tayyorlamoqda, bu "Real" va "Barselona"ga yoqmoqda, biroq UEFAga emas
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

18 MAY, 22:29 / KO'RILDI: 617

. Yuklab olish


2 milliard dollar byudjet.

FIFA global turnir o'ylamoqda, bu esa katta foyda keltirmaydi. Taqvimga ko'ra, har doim Konfederaciyalar kubogi va klublar o'rtasidagi JCH doimiy tarzda o'tkazib boriladi. Endi ular birlashtiriladi: klublar o'rtasidagi JCH kengayadi va top-klublar bilan to'ldiriladi. Musobaqa esa yozda o'tkaziladi. Har yili emas, dekabrda ham bo'lmaydi. Har 4 yilning yozida tashkillashtiriladi. Konfederaciyalar kubogi esa o'tkazilmaydi. FIFA esa terma jamoalar o'rtasida yana bir turnirga start berish arafasida turibdi.

KLUBLAR O'RTASIDAGI JCHning G'OYASI VA STRUKTURASI

Bunday formatdan oddiy inson ham zerikkan. Har yili Evropa grandi Osiyo, Afrika va Amerika qitasidagi raqiblarini "ezg'ilab tashlaydi" va kubokni qo'lga kiritadi - intriga qani? Endi FIFA turnir saviyasini oshirish uchun bir qanday ishlarga qo'l urmoqchi:

CHempionatda 24 jamoa ishtirok etadi va shularning 12tasi Evropadan bo'ladi.

Ular 3tadan jamoasi bor 8 guruhga ajratiladi.
Guruhlarning 8 g'olibi chorak finalga chiqadi, qolganlar uyiga ketadi.
Pley-offlarda hech qanday qo'shimcha bo'limlar bo'lmaydi, birdaniga penaltilar seriyasi.
Har bir jamoa kamida ikkitadan o'yin o'tkazishi aniq bo'ladi. Finalchilar esa 5 bahsda maydonga tushishadi.

O'TKAZISH KUNLARI VA MEZBONLAR

Ilk turnir 2021, keyingisi 2025 va shunga qarab 4 yilda bir bora o'tkaziladi. O'yinlar o'tkaziladigan joyla hozircha malum emas, biroq bu katta ehtimol bilan Xitoy bo'lishi kutilmoqda. Keyin AQSH va shundan so'ng Saudiya Arabistoni turnir mezboni bo'lishi kutilmoqda.
Turnirning o'tkazilish vaqti 18 kun davom etadi. Ilk turnir 2021 yilning 10-28 iyul kunlari bo'lishi kutilmoqda.

KONFEDERATSIYALAR VA QATNASHCHILAR

Qatnashchilar tizim shunday bo'lishi kutilmoqda:

UEFA (Evropa) – 12 klub
CONMEBOL (Janubiy Amerika) – 4 klub. Yana bir jamoa esa Okeaniya jamoasi bilan o'tish bahslarida o'ynaydi
CAF (Afrika) – 2 klub
AFC (Osiyo) – 2 klub
CONCACAF (SHimoliy Amerika) – 2 klub
OFC (Okeaniya) – 1 klub, u ham Janubiy Amerika qitasi jamoasi bilan o'tish o'yinlarida qatnashadi.
Turnir o'tkazilayotgan davlatdan yana bir jamoa
Tashkilotchilar ushbu ro'yxat borasida kelishib olishgan va bu o'zgarmaydi.

"Gazzetta dello Sport" tasdiqlashicha, ilk turnirda "Barselona", "Real Madrid", "Yuventus", "Inter", "Milan", "Manchester Yunayted", "Liverpul", PSJ, "Bavariya" va "Ayaks" kabi jamoalarning ishtirok etishi aniq bo'lgan.
Qolgan o'rinlarni esa "Atletiko", "Manchester Siti", "CHelsi", "Borussiya" Dortmund, "Portu" va "Benfika" kabi jamoalar egallashi mumkin.

Janubiy Amerikadan esa ushbu jamoalarning 5tasida musobaqada qatnashishi mumkin: "River Pleyt", "Boka Xuniors", "Santos", "Flamengo", "Penyarol" va "Nasonal".

2021 yilgi turnir ramziy ahamiyat kasb etgan uchun, jamoalar tanlab olinadi. Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko'ra, 2025 yildagi turnirga faqatgina turnirlarda yutgan jamoalar yo'llanma olishadi.

PULLAR

Keyingi 12 yil uchun Millatlar kubogi va klublar o'rtasidagi JCHga 25 mlrd dollar ajratgan. Pullar Yaponiyaning "SoftBank", shuningdek, Saudiya Arabistoni va BAA shayhlari tomonidan to'lab beriladi.

Manbaning tasdiqlashicha, Millatlar ligasidagi termalarga o'sha summaning 25-35 foizi taqdim etiladi. Qolgan mablag' esa 24 jamoa ishtirok etadigan klublar o'rtasidagi JCHga ajratiladi. Ikki turnir g'oliblariga 70 mln dollar miqdorida mablag' taqdim etiladi.

Taqqoslash uchun: BAAda o'tgan so'nggi klublar o'rtasidagi JCHga 37 mln dollar ajratilgandi.

YUTUQLAR VA MUAMMOLAR

"Marca" xabariga ko'ra, Ispaniyaning ikki grand jamoasi ushbu turnirning o'tkazilishidan manfaatdor bo'lib turishibdi. Angliyadagilar ham buni qo'llab-quvvatlashmoqda.

Biroq "The Times" xabariga ko'ra, UEFAdagilar loyihaning amalga oshmasligini istashmoqda.

"Biz qolgan konfederaciyalar bilan muzokara olib bormaymiz. Bu turnir Evropa futboli zarariga ishlaydi. UEFAdan faqatgina 3 jamoa turnirda ishtirok etishini istayman", - deb intervyu beradi UEFA prezidenti Aleksander CHeferin.

Hozircha turnir o'tkazish borasida rasmiy malumot berilmagan. Bu haqidagi qaror 1 iyun kunidagi yig'ilishda tasdiqlanishi kutilmoqda.

Manba: Championat.asia
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net