LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Firmino: «Real» — turnirlar jangchisi»
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

18 MAY, 16:37 / KO'RILDI: 666

«Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino 26 may kuni Kiev shahrida Chempionlar ligasi finalida «Real»ga qarshi kechadigan bahs borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz „Manchester Siti“ va „Roma“ga qarshi o'yinlarda yaxshi natijalarga erishdik. Umid qilamanki, biz shu ruhda davom etamiz. Meni turnir davomida urilgan 10 gol qoniqtiradimi? Albatta, o'z natijalarimdan qoniqish hosil qilaman. Bazida ko'p gapirvoraman, chunki, yanada ko'prog'ini istayman. Bu mening Chempionlar ligasidagi ilk mavsumim va men Ronaldu va Saloh bilan birga mavsumning eng yaxshi to'purarlari qatoridamna. Bu mening professional faoliyatimdagi eng yaxshi mavsum bo'lmoqda.

Biz «Real» haqida bilamiz. Bu jamoa Chempionlar ligasida va Ispaniyada doimo yaxshi natijalar ko'rsatib kelmoqda. Men hech qachon «Real»ga qarshi o'ynamaganman, ammo bu jamoa o'yinlarini kuzatganman, madridliklar jamoasi — turnirlar jangchisi. Lekin bu final — bir o'yin. Ular ham jiddiy raqibga qarshi turibdi. Biz oxirigacha kurashamiz.

Men uchun Chempionlar ligasi g'olibi bo'lish - hayotimning alohida lahzalari bo'lardi. Chempionlar ligasi sovrini — alohida sovrindir. Jamoamizdagi barcha futbolchilar uni qo'lga kiritishni istamoqda», — deya braziliyalik forvardning so'zlarini keltirgan UEFA matbuot xizmati.

Manba: Tribuna.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net