Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Modrich yozda "Real"dan ketishni rejalashtirmoqda
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

16 MAY, 21:24 / KO'RILDI: 715

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 32 yoshli xorvatiyalik futbolchi o‘zining yoshidan kelib chiqib moliyaviy tomondan qoniqtira oladigan va uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Aytilishicha, ushbu jamoa Modrichning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Modrichning agenti mijozining “Yuventus”ga o‘tishiga sha’ma qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum “Real” safida 41ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Manba: sports.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 19
© Real Madrid Uzbekistan