Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
"Chelsi" Azar evaziga "Real"dan Asensioni so‘ramoqda
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

16 MAY, 15:16 / KO'RILDI: 650

Londonning “Chelsi” klubi o‘zining etakchi futbolchisi hisoblangan Eden Azarni “Real”ga qo‘yib yuborishga rozi.

Bir qator ispan nashrlarining yozishicha “aristokratlar” 27 yoshli belgiyalik futbolchini madridliklarning yosh iste’dodli vingeri Marko Asensioga almashmoqchi.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum APLda jami 34ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

O‘z navbatida Asensio La Ligada bu mavsum 32ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 6ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Manba: sports.uz

. Yuklab olish

Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan