LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Messi Ronaldu bilan bo'lgan raqobat haqida gapirdi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

16 MAY, 12:10 / KO'RILDI: 905

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi tarixda eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan raqobatlashayotgani haqidagi fikrlarga izoh berdi.

«Tarixda eng yaxshi bo'lishga qiziqmayman. Hech qachon birinchi, ikkinchi, uchinchi yoki to'rtinchi bo'laman deb o'ylamaganman.

Yangi mavsum boshlanganida futbolchi sifatida yanada yaxshi bo'lishga intilaman, barcha turnirlarda g'olib chiqishni istayman, har bir o'yinda bor kuchimni sarflashga harakat qilaman.

Tarixdagi eng yaxshi futbolchi maqomiga ega bo'lishning men uchun ahamiyati yo'q. Har doim mukammallashib borishni istayman. Hech kim bilan raqobatlashmayman.

Men tarixda eng yaxshi bo'lish uchun emas, balki yildan-yilga kuchayib borish va g'alaba qozonish uchun o'ynayman», – deb Messi so'zlarini keltirmoqda TyC Sports.

Manba: tribuna.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net