Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
«PSJ» prezidenti «Real»ga ketishi aytilayotgan Neymar hamda jamoa murabbiyi bo'yicha muhim bayonot berdi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

13 MAY, 14:06 / KO'RILDI: 1035

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Hilayfi jamoaning braziliyalik forvardi Neymar atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Kim u bu erda qola olmaydi dedi? Kimdir shunday dedimi? Hech kim. U «PSJ» futbolchisi va u albatta shu erda qolishni istaydi. Uning klub bilan shartnomasi bor va u 2000 foizga klubda qoladi», — deya qayd etgan fransuzlar klubi prezidenti Le Figaro muxbiriga bergan intervyusida.

U shuningdek, mavsum yakunida Unai Emeri klubni tark etishini tasdiqlagan.

«Biz yangi murabbiy nomini tez orada, juda tez vaqt ichida malum qilamiz. Ehtimol ertaga, yoki indin. Jurnalistlar yana biroz kutishsin», - deya qo'shimcha qilgan prezident.
Jamoaning yangi murabbiyi Tomas Tuxel bo'lishi kutilmoqda.

Neymar Parijga o'tgan yil yozida «Barselona»dan rekord darajadagi 222 million evro evaziga kelib qo'shilgandi, keyingi vaqtlarda u Ispaniyaga qaytib, «Real» tarkibida faoliyatini davom ettirmoqchiligi haqida xabarlar tarqaldi.

Manba: tribuna.uz

. Yuklab olish

Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan