LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Zidan: "ECHL finalida asosiy tarkibni aniqlash bosh og'riq bo'ladi"
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

13 MAY, 09:56 / KO'RILDI: 571

Madridning "Real" klubi kecha "Selta"ga qarshi uchrashuvda raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsdan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz ajoyib o'yinni o'tkazdik. SHunday o'ynashimiz kerak edi. Raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol urdik. Barcha futbolchilar ajoyib o'yin ko'rsatdi. Endi ECHL finalida asosiy tarkibni aniqlash biroz boshog'riq bo'ladi. Beyl barcha jabhada ajoyib o'yin ko'rsatdi. Beyl uchun xursandman, asosiysi Kievdagi o'yingacha optimal sport formamizga kirib olishimiz kerak.

Keylor Navas ham yaxshi o'ynadi. Ushbu bahsda 2-3 marotaba jamoani goldan qutqardi. Navas biz uchun kerakli futbolchi. Men "Real"ning o'yinini biroz kuchaytirdim. Jamoani mashq qildirishda davom etsam, "Real" yanada yaxshi o'yin ko'rsatadi", -deydi Zinedin Zidan

Manba: championat.asia

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net