LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
Zidan "Real"ga olib kelishi kerak bo'lgan 4 futbolchi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

12 MAY, 20:09 / KO'RILDI: 1205

. Yuklab olish


Zidan "Real" boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin ko'plab rekordlarni yangiladi.

O'tgan mavsumda "Qirollik klubi" dahshatli o'yin namoyish etdi va o'tgan ikki mavsumda ketma ket ECHLni qo'lga kiriti, "Real" bu ishni bajargan yagona jamoaga aylandi.
Endi ular uchinchisiga qarab ketishmoqda.

SHunday bo'lsa ham, jamoada muammolar borligi ko'rinib turibdi. Keylor Navas, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Luka Modrich 30 yoshdan oshgan. Zidan jamoaga yosh futbolchilarni olib borishi kerak.

Quyida biz Zizu "Santyagu Bernabeu"ga olib borishi kerak bo'lgan 4 futbolchi haqida to'xtalamiz.

4. POL POGBA

Pogba Evropaning eng yaxshi markaziy yarim himoyachilaridan biri. Ser Aleks davrida MYUdan ketgandi.

. Yuklab olish


Franciyalik futbolchi Italiyada Andrea Pirlo va Arturo Vidal bilan birgalikda to'p surdi. Turinda etarlicha tajriba orttirib, 89 mln funt evaziga "Yunayted"ga qaytdi.
Pogba "Yunayted" bilan birga Evropa ligasi sovrinini qo'lga kiritdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Pol bu mavsumda "Manchester Yunayted"ning 19 golida qatnashdi. U "Real"da Kazemiro bilan birgalikda o'ynay oladi va jamoa tarkibida 32 yoshliLuka Modrichning o'rnini bosadi.

3. EDEN AZAR

Azar 2012 yilda "CHelsi"ga 32 mln funt sterling evaziga "Lill"dan o'tgandi.

. Yuklab olish


Belgiyalik futbolchi o'tgan 6 mavsumda "CHelsi" tarkibida ajoyib o'yinlari, tezligi qanday ekanligini ko'rsatib berdi. U ikki marta APL chempion bo'lgan va bir bora Evropa ligasi sovrinini qo'lga kiritgan. Endi u jamoa bilan Angliya kubogi finalida g'olib chiqishni istamoqda.

U Belgiya terma jamoasi tarkibida 205 uchrashuvda qatnashib, 69 gol urdi va 39 bora assistentlik qildi. Natijalari va o'yinlarini ko'radigan bo'lsak, "Real"ga mos tushadi. Azar Zidan qo'l ostida superyulduzga aylanadi.

Albatta "Real" belgiyalikni sotib olsa, o'zi uchun foydali bo'ladi va Karim Benzemaning o'rni bosiladi.

2. DAVID DE XEA

Darvozabon - "Real"da muammo ekanligi aniq. Keylor Navas ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda. David "Real"ga mos tushadigan darvozabon. U bir necha mavsumlar oldin "Real"ga o'tishi mumkin edi. Ammo bu amalga oshmagandi.

. Yuklab olish


U 2011 yilda "Atletiko"dan MYUga o'tgandi. SHundan buyon u 6 mavsum davomida o'zini qanday darajada ekanligini ko'rsatdi va MYUda mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini 4 bora qo'lga kiritdi va rekord o'rnatdi.

David bu mavsumni dahshatli tarzda o'tkazdi - ajoyib seyvlar, ishonchli harakatlar... Bu mavsumda 18 bora "quruq o'yin" o'tkazib, o'z faoliyatida ilk marta "Oltin qo'lqop" sovriniga ega chiqdi.

Navas hozirda 32 yoshda va u uchun jamoadagi har bir mavsum so'nggisi bo'lishi mumkin.

Agarda "Real" Davidni sotib olsa, bir necha mavsum davomida darvozabonlik muammosidan qutuladi.

1. MUHAMMAD SALOH

Yozgi transferlar oynasi vaqtida misrlik futbolchi "Roma"dan "Liverpul"ga 35 mln evro evaziga transfer qilindi.

. Yuklab olish


Bu mavsumda u 43 gol urdi va "Oltin to'p" va "Oltin butsa" uchun davogarlik qilmoqda. SHu orqali u Ronaldu-Messi erasiga chek qo'ymoqchi.

Saloh ECHLda 10 gol urdi va 4 bora golga assistentlik qildi. Finalda "Liverpul" muxlislari undan oldingidan ko'prog'ini kutishmoqda.

U "Roma"da ham shunday o'ynardi, biroq kamroq gol kiritardi. Yurgen Klopp eva misrlikdan foydalanishni bilmoqda. Agarda "Real" Salohni sotib olsa-yu, u shunday gollar ursa, jamoa gol uradigan mashinaga aylanadi.

Saloh "Real"da Krishtianu Ronalduga munosib voris bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Manba:
championat.asia
Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net