Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Ernan Krespo: "Ronaldu va Messi - boshqa sayyora futbolchilari, ammo uchinchi o'ringa Ikardini qo'ygan bo'lardim"
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

12 MAY, 17:50 / KO'RILDI: 348

Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Ernan Krespo "Inter" hujumchisi forvardi Mauro Ikardi haqida fikr bildirdi.

"Agar men "Inter" rahbariyatida bo'lganimda Ikardini hech qachon sotmagan bo'lardim. O'zining eng yaxshi futbolchisini sotib, kuchayib ketgan birorta jamoani bilmayman. Jarima maydonchasining ichida Ikardiga teng keladigani yo'q. U tez fikrlaydi, buqadek kuchi bor. Forvard chap va o'ng oyoqda bir xil zarba berishga va "ikkinchi qavatda" tinimsiz g'olib bo'lishga qodir.

Ronaldu va Messi - boshqa sayyora futbolchilari, ammo uchinchi o'ringa Ikardini qo'ygan bo'lardim. Messi bilan kelishmovchilik tufayli u Rossiyadagi jahon chempionatiga bora olmaydi. Bu katta xato, chunki Argentinaga Maurodek hujumchi kerak" - deydi Krespo.

Siz nima deb o'ylaysiz? Balki, yozgi transfer vaqtida "Real" Ikardini sotib olish kerakdir...

Manba:
championat.asia

. Yuklab olish

Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan