LOGOTIPE
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Загрузка...
ECHLning ushbu mavsumida rekord o'rnatildi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

12 MAY, 12:04 / KO'RILDI: 770

Evropa chempionlar ligasi tarixida muxlislarning stadionga tashrifi borasida yangi rekord o'rnatildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Yarim final doirasida "Olimpiko" stadionida bo'lib o'tgan "Roma" - "Liverpul" bahsini 61889 ishqiboz stadiondan kuzatib bordi. Natijada Chempionlar ligasi tashkil etilgan 1992/93 yilgi mavsumdan beri eng yuqori natija qayd etildi. Hozirda o'tkazilgan 124ta o'yinga (guruh bosqichidan boshlab finalgacha) jami 5683357 nafar muxlis tashrif buyurgan. Bu esa hozircha rekord bo'lib turgan, 2013/14 yilgi mavsumda qayd etilgan natijadan yaxshiroqdir. O'sha mavsumda final bahsini qo'shib hisoblaganda, jami 5676953 nafar muxlis o'yinlarni jonli ravishda kuzatib borgan.

Bundan 4 yil avval EChL o'rtacha tashrif 45416 nafar muxlisni tashkil qilgandi. Ushbu mavsumda esa mazkur natija 45834 nafarni tashkil qilmoqda. 26 may kuni bo'lib o'tadigan final uchrashuvini Kievdagi stadionda 63 ming muxlis kuzatib boradi.

Agar Evropa kubogini esga oladigan bo'lsak, ushbu musobaqada o'rtacha muxlis tashrifi ayxonda 40 mingni tashkil etgan. Faqat 1959/1960 yil mavsumida har bir o'yinga o'rtacha muxlis tashrifi 49926 nafardan iboratb bo'lib, 125 o'yinni 6240790 nafar muxlis stadionda ko'rgan. Bu esa yuqorida ta'kidlab o'tilgan yangi rekorddan ham ko'proq, deyiladi xabarda.

Manba: butsa.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.
Statok.net