Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Neymar va Ronaldu bir-biriga moslashib keta oladimi? - Zidan javob beradi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

11 MAY, 21:02 / KO'RILDI: 1156

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan «PSJ» hujumchisi Neymarning transferi bo'yicha muzokaralardan xabari yo'qligini aytdi.

Bundan tashqari, mutaxassisning fikriga ko'ra, agar Neymar Madridga ko'chib o'tsa, maydonda Krishtianu Ronaldu bilan moslashib ketishi aniq.

«Neymar va Ronaldu bir-biriga moslashib keta oladimi? Yaxshi futbolchilar har doim bir-biriga moslashadi.

Neymarning transferi bo'yicha muzokaralardan xabarim yo'q. Bu haqda futbolchining o'zi bilan ham gaplashmadim.

Hozircha, mavsumni yaxshi yakunlash to'g'risida o'ylayapman. Qolgan gaplarni keyin muhokama qilamiz», – deb Zidan so'zlarini keltirmoqda Marca.

Manba: championat.asia

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 13
© Real Madrid Uzbekistan