Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Neymar «PSJ»dan «Real»ga qo'yib yuborishlarini so'radi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

11 MAY, 14:57 / KO'RILDI: 772

«PSJ» hujumchisi Neymar yozgi transferlar vaqtida jamoasini almashtirishi tobora aniq bo'lib bormoqda.

Marca nashri bergan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi «PSJ» rahbariyatiga ketishni istayotgani haqida xabar bergan. Neymarning otasi — katta Neymar bir necha kun muqaddam klub vakillari bilan aloqaga chiqqan va transfer masalasida suhbatlashgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Neymar Fransiya chempionatiga yo'l olib, xato qilganini va dekabrdayoq «Real» vakillari bilan uchrashib, Ispaniyaga qaytishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Neymarning jamoani tark etish masalasi juda yuqori doirada — Qatar amiri Tamim bin Hamad at-Tani tomonidan hal qilinishi ko'zda tutilgan. Bu o'rinda hech qanday pul haqida gap bo'lishi mumkin emas. Gap jamoaning obro'si haqida bormoqda.

Futbolchining transfer narxi 260-300 million evroga baholanmoqda. Futbolchining oyligi esa qo'shimcha bonuslar hisobiga yiliga 40 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

Manba: tribuna.uz

. Yuklab olish

Oxirgi fikrlar
© Real Madrid Uzbekistan