Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Ronaldu kino prodyuserlik qilmoqchi
MUHARRIR: Aman (WapUsta)

11 MAY, 12:10 / KO'RILDI: 380

Facebook ijtimoiy tarmog'i Nyu-York shahrining ayollar futbol klubi haqidagi serialni suratga olishni rejalashtirmoqda.

Hollywood Reporter xabariga ko'ra, loyihaning ijrochi direktori «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo'ladi. Malumki, portugaliyalik to'purar Facebook ijtimoiy tarmog'idagi eng mashhur insondir. Uning o'quvchilari soni 120 milliondan ortiq.

«Bo'sh vaqtimda televizor orqali qiziqarli ko'rsatuvlarni tomosha qilaman. Bu shouda ijrochi direktor sifatida ishlab, orttirilgan tajriba men uchun beqiyos bo'ladi.

Futbol klubidagi qizlarning tarixida hayotimda uchragan o'xshashliklar ko'p. Bu serial nafaqat futbol, balki uning atrofidagi voqealarni ham o'z ichiga oladi. U qadriyatlar, chorlov, do'stlik, og'ir mehnat, qiyinchiliklar, hamfikrlik, ehtiros va garmoniya haqidagi serialdir. Bir so'z bilan aytganda, hayot haqida» - dedi Ronaldu.

Manba: tribuna.uz

. Yuklab olish

Fikrlar
Umumiy: 7
© Real Madrid Uzbekistan