Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Ronalduda navbatdagi muammo. U juda katta miqdorda jarima to'lashi mumkin
MUHARRIR: BestMaker

1 YANVAR, 01:01 / KO'RILDI: 653

. Yuklab olish


Ispaniya soliq xizmati «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlagani bo'yicha ayblovlar berishda davom etmoqda. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, 22 dekabr kuni Posuelo shahrida navbatdagi sud majlisi bo'lib o'tadi. Unda 32 yoshli portugaliyalik futbolchining 2011 yildan 2014 yilga qadar bo'lgan davrda 14,8 million evro miqdoridagi soliqlarni yashirgani bo'yicha ish ko'riladi.
Agar Ronalduning aybi isbotlansa, u Ispaniya xazinasiga kamida 30 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Bu summa ichiga 14,8 million evro soliq, jarima va qo'shimcha foizlar qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi ham xuddi shunday muammo sabab 30 million evro to'lashga majbur bo'lgandi.

Manba: CA
Fikrlar
Umumiy: 4
© Real Madrid Uzbekistan