Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
SAYTIMIZ QOIDALARI
Hurmatli Foydalanuvchi!
RealFans.Uz - saytining bosh maqsadi Real Madrid futbol klubiga oid eng so'ngi yangiliklar, uchrashuvlardan sharhlar, o'yinlar natijalari, qiziqarli ma'lumotlar, statistikalar, maqolalar va boshqa turdagi ma'lumotlarni sizning etiboringizga birinchilardan bo'lib etkazish hisoblanadi.
Saytimizni a'zosi sifatida, ijodkorlarning mehnatini hurmat qilgan holda, sizdan quydagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so'raladi.
QOIDALAR:
1. Qoidalarni bilmaslik sizni jazodan ozod qilmaydi, aksincha bu ham qoida buzarlik hisoblanadi.
2. Saytda umumiy til o'zbek tilidir. Faqat noilojiy vaziyatlardagina boshqa tildan foydalanishga vaqtincha ruhsat etiladi.
3. Saytdan ro'yhatdan o'tishingiz qoidalarga roziligingizni anglatadi.
4. Qoidalarda keltirilmagan boshqa vaziyatlar bo'yicha masalalarni Administrator hal qiladi. Shuningdek, Administrator qoidalarga o'zgartirish kiritish va yangilarini qo'shish huquqiga ega.
5. Foydalanuvchi o'ziga qo'yilgan aybni boshqa birovga to'nkashga hojat yo'q. Har kim o'zi uchun javob beradi.
6. Foydalanuvchilar izohlari, mansabi yoki ro'yhatga olingan vaqtiga qarab emas balki boshqalarga yordamiga va muomilasi qarab baholanadi. Saytdada foydalanuvchini katta-kichikligiga qaramasdan murojaat "siz" bilan bo'ladi.
7. Har bir foydalanuvchi faqat bitta profil ochishi mumkin. Boshqa profillar ogohlantirishsiz o'chiriladi.
8. Fikr bildirish jarayonida qo'pol so'zlardan foydalanish ta'qiqlanadi! Saytning har bir foydalanuvchisi o'zaro do'stona munosabatda bo'lishi shart! Saytning boshqa foydalanuvchilariga va ularning fikrlariga hurmat bilan qarang.
9. Foydalanuvchilar bir-birlarining sha'niga to'g'ri kelmaydigan, shaxsiyat va nafsoniyatiga tegadigan so'zlar bilan kamsitilishi qat'iyan ta'qiqlanadi!
10. Sayt bo'ylab ism (nik) tanlashda futbol jamoalarini yoki futbolchilarni kamsituvchi, haqoratlovchi niklar qat'iyan ta'qiqlanadi!
11. Fikr bildirishda mavzuga aloqasi bo'lmagan va keraksiz va takroran yozilgan fikrlar yozish mumkin emas. Har bir fikringizni bir marta kiriting. Mavzuga aloqasi bo'lmagan fikr bildirgan foydalanuvchi ma'muriyat a'zolari tamonidan jazolanadi!
© Real Madrid Uzbekistan