Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Joze Mourino: Meni yoqtirmaydiganlar yana ancha chidashiga to'g'ri keladi
Qo‘shdi: Aman (WapUsta)

76

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino kelajagi haqida fikrlari bilan bo'lishdi. “Bu mening tabiatim. Agar hozir omadli murabbiy bo'lmaganimda, boshqa sohada omadli bo'lar edim, deb o'ylayman. Masalan, yaxshi jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lishim ham mumkin edi. Tabiatim shunaqa. Balki, sochlarim rangi bor haqiqatni aytmas. Odamlar meni birmuncha qari deb o'ylashar. Bo'lishi mumkin. Chunki katta futbolga ancha ilgari kirib kelganman. Odamlar, balki, meni 66 yoshli deb o'ylashi mumkin. Men esa 55 yoshdaman, 66 da emas. Meni yoqtirmaydiganlar yana ancha chidashiga to'g'ri keladi”, — deydi Mourino.
« Xabarlarga qaytish
© Real Madrid Uzbekistan