Butsa.uz
KirishA'zo bo'lish
Vohid Xolboev "Labsa"dagi eng ojiz nuqtani aytdi
Qo‘shdi: Aman (WapUsta)

78

O'zbekiston Pro-ligasi 10-turi doirasida "Nurafshon" - "Labsa" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Vohid Xolboev o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Raqib yomon jamoa emas. Bekorga ular guruhning yuqori o'rinlarida yurmayabdi. Buxoroda biz bundan-da yaxshiroq o'ynagandik, nisbatan osonroq bo'lgandi, ko'plab vaziyatlar yaratgandik.Ikkinchi bo'limda g'alati o'yin bo'ldi. Ikki jamoa ham yutib ketishi mumkin edi. Hujumchilarimiz yoshlik qildi baribir, agar tajribali, yoshi katta futbolchilar bo'lganida xatolarni kechirishmasdi. Jamoa barqarorlikni namoyish eta olmayapti.Hozirgi zamonaviy futbolda uy-safar degan tushuncha bo'lmayapti. Shu boisdan barcha uchrashuvlarda ikki tomonning ham imkoniyatlari teng baholanmoqda. Asosiysi futbolchilar murabbiylarning ko'rsatmalarini bajara olishsa, barchasi yaxshi bo'ladi.Farruh Shotursunovning yo'qligi bilindi. O'tgan o'yinga qaraganda kamroq hujumlar uyushtirdik. U va Murod Rajabov birgalikda markazni o'z qo'llariga olishgandi. Ammo Farruh yo'qligi sababli o'yinimizda uzilishlar yuzaga keldi.Ha, oxirgi o'yinlar qizil kartochkamiz ko'paydi. Futbolchilar o'zlarini bosa olishmayapti. Ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'rishmayapti. O'ylaymanki, buni tuzata olamiz.Raqiblardagi eng ojiz nuqta - darvozabon edi. Futbolchilarimga ko'p aytaman, qulay nuqta bo'lsa darvozaga zarba berish kerak. Biroq ular televizorda ko'rganini qilishni istashadi. Oxirigacha borib, chiziqning ustidan gol urgisi keladi. Ammo bu kabi darvozabonlarga uzoqdan zarba berib turish kerak."Labsa"ga omad tilayman", - dedi Xolboev.Mirjalol Normatov suhbatlashdi
« Xabarlarga qaytish
© Real Madrid Uzbekistan